Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Radvanska WTA yakuniy turniri g‘olibasiga aylandi
Bugun, 1 noyabr kuni Singapurda WTAning yakuniy turnirida final bahslari o‘tkazildi.
Finalda polshalik Agneshka Radvanska va chexiyalik Petra Kvitova uchrashib, 3 setdan iborat o‘yin o‘tkazishdi.
2 soatdan ortiqroq vaqt davom etgan final bahsida Polsha vakilasi 6:2, 4:6, 6:3 hisoblarida zafar quchdi.
Ushbu finalchilar guruh bosqichida 2 martadan mag‘lubiyat qayd etishgandi.
Turnir g‘olibasi Agneshka Radvanska joriy mavsum kashfiyotiga aylangan ispaniyalik Garbine Mugurusani 6:7, 6:3, 7:5 hisoblarida mag‘lub etgandi. Petra Kvitova esa rossiyalik Mariya Sharapovani 6:3 va 7:6 hisoblarida yenggan.
Yakuniy WTA turniri
Mukofot jamg‘armasi – 7 000 000 dollar
Yopiq xard kortlar
FINAL.
Agneshka Radvanska (Polsha) – Petra Kvitova (Chexiya) 6:2, 4:6, 6:3