Jamiyat | 19:56 / 01.11.2015
3760
1 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburgda A321 halokati qurbonlari uchun motam tadbirlari 3 noyabrgacha davom etadi

Misrdagi Metrojet («Kogalimavia») aviakompaniyasi samolyoti halokati bilan bog‘liq Sankt-Peterburgdagi motam tadbirlari muhlati yana ikki kunga uzaytirildi. Bu haqda Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko ma'lum qilgan.

Rossiya prezidenti 1 noyabrni Motam kuni deb e'lon qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 31 oktabr, shanba kuni Misrda Metrojet («Kogalimavia») aviakompaniyasining Sharm-ash-Shayxdan Sankt-Peterburgga uchayotgan Airbus A321 layneri halokatga uchradi. Samolyot bortida bo‘lgan 224 kishining barchasi halok bo‘ldi. Aviahalokatga texnik nosozliklar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish