Jahon | 12:15 / 01.11.2015
2615
2 daqiqa o‘qiladi

Seulda Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiya oliy rahbariyati vakillarining sammiti bo‘lib o‘tadi

Yakshanba, 1 noyabr kuni Seulda Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe, XXR Davlat kengashi rahbari Li Ketsyan hamda Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe ishtirokida uch tomonlama sammit bo‘lib o‘tadi. Xuddi shunday uchrashuv so‘nggi marta 2012 yil may oyida Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan edi.
Mazkur sammit so‘nggi vaqtlarda Tokioning hududiy tortishuvlar va urushdan keyingi tarixdagi xilma-xilliklar manzarasida Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi yaqin qo‘shnilari bilan munosabatlar keskinlashgan vaziyatda bo‘lib o‘tmoqda.
Pak Kin Xe so‘zlariga ko‘ra, uch tomonlama uchrashuv shimoli-sharqiy Osiyoda tinchlik va barqarorlikka erishishda muhim imkoniyatlari taqdim etadi, shuningdek, koreys-yapon munosabatlarining yaxshilanishiga olib keladi.
Mazkur sammit ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik innovatsiyalar, taraqqiyot sohasidagi tashabbuslarni kelishib olish, erkin savdo to‘g‘irisida muzokaralar yuritish, mintaqaviy iqtisodiy integratsiya va boshqa mavzularda fikr almashishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan.
Janubiy koreyalik mutaxassislar ko‘plab muammolar bo‘lishiga qaramasdan, Koreya Respublikasi, Xitoy va Yaponiya munosabatlarini me'yorlashtirish – yechimini topgan masala. Uch mamlakat Osiyo iqtisodiyotining yetakchilaridan hisoblanib, Sharqiy Osiyoning 70 foiz aholisi mazkur davlatlarda istiqomat qiladi. Ular YaIMi ham mintaqadagi umumiy ishlab chiqarish hajmining 70 foizini tashkil etadi. Yaqin hamkorlik esa birinchi navbatda iqtisodiy foyda keltirgani bois iliq munosabatlarni tiklashdan barcha birdek manfaatdor va bundan qochishning imkoni yo‘q.