Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida yangi farmatsevtika zavodi quriladi
O‘zbekistonning farmatsevtika sohasidagi bir qator davlat muassasalari Toshkent viloyatida yangi farmatsevtika zavodi qurilishi loyihasini ishlab chiqishni boshlashdi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.
Zavod qattiq dori shakllariga asoslangan keng assortimentdagi dori-darmon ishlab chiqarishi rejalashtirilmoqda.
“O‘zfarmsanoat” kompaniyasidagi manbaning ma'lum qilishicha, ayni paytda eng maqbul texnologik qurilmani qidirish va tanlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu masalada yevropalik ishlab chiqaruvchilarga afzallik berilmoqda.
O‘n zavbatida “O‘ztibloyiha” instituti ham yangi obektni loyihalashtirish ishlarini boshlab yubordi, Sog‘liqni saqlash vazirligi esa tanlab olingan dori vositalarining farmakologik tarkibini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.
Umumiy qiymati 7 mln dollarni tashkil qiladigan ushbu loyiha xorijiy dori mahsulotlari o‘rnini bosuvchi mahsulotni ishlab chiqarishga qaratilgan. Buning evaziga Respublika ftiziatrii i pulmonologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ushbu dorilarga ehtiyoji ta'minlanadi.
Yangi farmetsevtik korxonaning yillik ishlab chiqarish hajmi 5 million shartli mahsulot birligini tashkil qiladi. “O‘zfarmsanoat” vakilining aytishicha, yangi zavod 2016 yilda ishga tushirilishi bilan unda 100 dan ko‘proq odam ish bilan ta'minlanadi.
Ayni paytda O‘zbekistonda mahalliy xomashyo negizida 32 mlrd so‘mdan ko‘proqqa dori mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Mamlakatdagi dori mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan dori vositalari ishlab chiqarish uchun 521 tonnadan ko‘proq mahalliy o‘simlik xomashyosi xarid qilingan.