16:31 / 01.11.2015
4793

Toshkentlik sobiq er aliment to‘lamagani uchun ikki marta jazolandi

Toshkentlik erkak aliment to‘lamagani uchun ikki marta jazolandi, deb yozadi “Huquq” nashri.

Aytilishicha, Karim Abdullayev bir necha yillar muqaddam ajrashib ketgan, uning sobiq rafiqasi Sharofat qo‘lida ikki bola bilan qolib ketgan. Ularni boqishga qiynalgan ayol sudga murojaat qilgan.

Sud buyrug‘iga ko‘ra, otaga 2 nafar voyaga yetmagan bolaning ta'minoti uchun har oylik daromadining uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Ammo ijro hujjati bilan tanishib, undagi talabni bajarmagan Abdullayev bir necha ogohlantirishdan so‘ng hibsga olinib, 1 yilga axloq tuzatish ishlari jazosiga mahkum etilgan. Keyinroq amnistiya tufayli u jazodan ozod qilingan.

Ammo oradan ma'lum muddat o‘tib, u aliment pulini to‘lamagani bois yana 2 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi.

Har ikki safar ham erkakka nisbatan JKning 122-moddasi 2-qismi bilan jinoyat qo‘zg‘atilgan edi.

Top