Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:03 / 01.11.2015
3156
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyada qalbaki spirtli ichimlik iste'mol qilishdan halok bo‘lganlar soni 23 kishiga yetdi
Istambulda spirtli ichimlik iste'mol qilish oqibatida zaharlanishdan halok bo‘lganlar soni 23 kishiga yetdi. Bu haqda “Radikal” gazetasi ma'lum qildi.
Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, 18 oktabrdan boshlab shahar shifoxonalariga spirtli ichimlikdan zaharlanish bilan 69 kishi murojaat qilgan.
Avvalroq Istambul politsiyasi qalbaki spirtli ichimliklar tayyorlash, ya'ni aynan Turkiya uchun an'anaviy anis arog‘ini tayyorlashda metil spirtidan foydalanganlikda gumon qilinayotgan 19 kishi hibsga olingan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish