16:42 / 02.11.2015
4995

“O‘zbekenergo” AJ Call-markaz xizmatini ishga tushirdi

“O‘zbekenergo” AJ 2015 yil 2 noyabrdan O‘zbekiston energiya tizimining Call-markaz xizmati ishga tushirilganini e'lon qildi.
“Call-markaz xizmati telefon raqami — 202-50-55”, — deyiladi O‘zbekiston energetika kompaniyasi matbuot xizmati xabarida.

Call-markaz vakilining Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, markaz elektr energiyasi ta'minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan talabnomalarni qabul qilish bilan shug‘ullanadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda xizmatdan faqatgina poytaxt aholisi foydalanishi mumkin, keyinchalik esa butun respublika miqyosida ishga tushiriladi.

Top