09:57 / 02.11.2015
4342

AQSh va Janubiy Koreya KXDR tomonidan harbiy ig‘volariga sabr qilmaydi

Amerika va Koreya Respublikasi ShImoliy Koreya tomonidan uyushtirilayotgan harbiy ig‘volariga sabr qilmaydi. Bu haqda Janubiy Koreya mudofaa vaziri Xan Min Gu Seul shahrida amerikalik hamkasbi Eshton Karter bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma'lum qildi.

“AQSh va Koreya Respublikasi Koreya yarimorolida tinchlik va barqarorlik tarafdori ekanini tasdiqlashdi, harbiy ittifoqchiligini mustahkamlash va mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishga bo‘lgan har qanday urinishga qarshi turishga kelishib olishdi”, - dedi mudofaa mahkamasi rahbari. Har ikki tomon ham KXDRning qit'alararo ballistik raketa yoki yangi yadroviy qurol sinovini amalga oshirishi mumkinligidan jiddiy xavotirda ekanini ma'lum qildi.

“Seul va Vashington Shimoliy Koreyani uning yadroviy dasturi bilan bog‘liq har qanday faoliyatni to‘xtatishga chaqiradi”, - deya qayd etdi Xan Min Gu.
Shimoliy Koreya 2015 yilning sentabr oyida o‘zining xususiy raketalari yordamida bir qator kosmik yo‘ldoshlarini uchirishga tayyorgarlik ko‘rayotganini e'lon qilgan edi. Bundan tashqari, Shimoliy Koreya yadro poligonida so‘nggi vaqtlarda shubhali faollik kuzatilmoqda.

Top