17:24 / 02.11.2015
42013

Bollivud yulduzi Shohrux Xon o‘zining 50 yillik yubileyini nishonlamoqda

Yurtdoshlari uni “Bollivud qiroli” deb atashadi, biroq uning birinchi taxallusi kinematografiya bilan bog‘liq bo‘lmagan.

Hindistonning eng mashhur aktyorlaridan biri bo‘lgan Shohrux Xon bugun o‘zining 50-yilligini nishonlamoqda. Aktyorning butun dunyodagi muxlislari ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek tavallud kuni munosabati bilan maxsus rukn ochgan yirik ingliz tilidagi hind gazetasi bo‘lgan Times of India`da minglab tabriknomalar qoldirishdi.

“Siz afsonasiz”, - deya izoh qoldirgan hind Anand Krishnasvami va “o‘z o‘g‘liga aktyorning ismini berish”ni va'da qilgan. “Tug‘ilgan kuningiz bilan, muxabbatim”, - deydi aktyorning boshqa muxlisi Avantikka Kapur.

Hindistonda dunyodagi eng ulkan kinoposter yaratildi
Akter 1965 yilning 2 noyabrida tavallud topgan. Vatandoshlari uni “Bollivud qiroli” deb atashadi. Maktabda bo‘lajak aktyor 200 va 400 metrga yugurish bo‘yicha chempion bo‘lgan, shuning uchun sinfdoshlari uni “pochta poyezdi” deya atashgan.

Shohrux Xon o‘z karerasini 1988 yilda R.K.Kapur rejissyorligidagi serialdagi yosh ofitser rolidan boshlagan.

“Men hech qachon kinoyulduz karerasi haqida o‘ylamaganman”, - deya aktyor keyinchalik tan olgan. Men o‘z kuchimni teatrda sinab ko‘rdim, sport bilan shug‘ullandim va boshqa ko‘p mashg‘ulotlar bilan shug‘ullandim. Men har doim o‘zimni kinematografiya uchun yetarli darajada iste'dodli deb o‘ylamaganman.

1992 yilda Xon Raj Kapurning o‘g‘li Rishi Kapur bilan “Ongsiz muhabbat” kartinasida birgalikda rol ijro etishgan. Aynan shu rol aktyorning Bollivuddagi karerasida muhim qadam bo‘ldi va unga Hindistondagi obro‘li kinomukofoti bo‘lmish Filmfare Awards`ni olib keldi.

“Kinoda men hech qachon janjallashmayman va ayollarni xafa qilishni istamayman”, - deya so‘z bergan edi aktyor.

Xon deyarli barcha filmlarda orzusidagi qizga yetishish yo‘lida ko‘plab to‘siqlarni yengib o‘ta olgan oshiq rolini ijro etganligiga qarmay, o‘zining mazkur va'dasi ustidan chiqa oldi.

Shohruh Xon hammasi bo‘lib 80ta filmda rol ijro etdi, Filmfare Awards`ning 14ta mukofotiga sazovor bo‘ldi. Uning ijrosidagi rollar mumtoz hind filmlari sanaladi. Ular orasida “Vir va Zara”, “Mening ismim Xon”, “Hech qachon alvido dema”, “Alvido” kabi filmlar ayniqsa muxlislar muxabbatiga sazovor bo‘lgan. Aktrisa Kajol bilan birgalikda rol ijro etgan “O‘g‘irlanmagan kelin” lentasi hind prokatida deyarli 20 yil davomida aylandi.

“Men bugun 50 yoshga to‘ldim, - deb yozadi aktyor Twitter mikroblogi saytidagi shaxsiy sahifasida. – Biroq ushbu yillar davomidagi siz (muxlislar) ning muhabbatingiz tufayli o‘zimni 25 yoshda deb his qilyapman.

Top