20:46 / 02.11.2015
5772

Britaniyalik qassob dunyodagi eng qimmat kolbasa mahsulotini tayyorlaganini ma'lum qildi

Britaniyalik qassob Kevin Terner dunyodagi eng qimmat kolbasa mahsulot turini (sosiska) tayyorlaganini ma'lum qildi, deb ma'lum qilmoqda ITV. Tayyor bo‘lgan mahsulot Oldershot shahri aholisi uchun donasi 37 funt stirlingdan (1 kilogrammi 700 funt stirling) sotilmoqda. Uning tarkibi mangalitsa cho‘chqa zotining go‘shti, tryufellar, stilton pishlog‘i, 1947 yilgi vintaj portveyni (o‘tkir vino turi) va boshqa mahsulotlardan iborat.

“O‘rtacha britaniya sosiskasining donasi sizga 35 pensga tushadi”, – dedi Terner o‘zining tayyorlagan mahsuloti undan 100 karra qimmat turishini ta'kidlar ekan.

Top