Jahon | 11:49 / 02.11.2015
2930
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Turkiyadagi saylov natijalarini hurmat qilishga chaqirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an butun dunyo jamoatchiligini mamlakatda o‘tkazilgan parlament saylovi natijalarini hurmat bilan qabul qilishga chaqirdi.

Reyter nashri xabariga ko‘ra, Erdo‘g‘an bu haqda Istanbuldagi masjidga kirishidan oldin jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Uning aytishicha, 1 noyabr kuni Turkiyada aholi mamlakatda barqarorlik mustahkamlanishi uchun ovoz berdi.

Biroz oldinroq, saylovchilarning 99,21 foiz ovozi hisoblab chiqilganidan keyin, Adolat va taraqqiyot hukmron partiyasi muddatidan oldingi parlament saylovlarida 49,36 foiz ovoz bilan g‘olib chiqqani xabar qilingandi.

Partiya endi bir o‘zi hukumatni shakllantira oladi.

O‘z navbatida, Xalq respublika partiyasi 25,44 foiz, Milliy harakat partiyasi 11,96 foiz, kurdparast Xalqlar demokratiyasi partiyasi 10,65 foiz ovoz to‘plagan.

Turkiya bosh vaziri, Adolat va taraqqiyot partiyasi yetakchisi Ahmet Davuto‘g‘li parlament saylovlari natijasini «demokratiya g‘alabasi» deb atagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish