Jamiyat | 08:21 / 02.11.2015
2214
2 daqiqa o‘qiladi

Germanwings layneri falokatga uchragan Alp tog‘laridagi joyda yodgorlik majmuasi ochiladi

Fransiyaning Alp tog‘larida Germanwings aviakompaniyasining Airbus A-320 samolyoti qulagan joyda halok bo‘lganlar xotirasiga yodgorlik majmuasi ochiladi. Bu haqda 1 noyabrda falokat joyiga eng yaqin joylashgan Pra-Ot-Bleon va Verne shaharlari merlari ma'lum qildi.

Germaniyaning Germanwings aviakompaniyasining (Lufthansa shoxobchasi) Airbus A-320 samolyoti joriy yilning 24 martida Fransiya janubidagi Alp tog‘larida falokatga uchragan. Layner Barselonadan Dyusseldorfga kelayotgan bo‘lgan. Samolyot bortida 150 yo‘lovchi hamda 6 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan. Avtohalokat samolyotning ikkinchi uchuvchisi Andreas Lyubitsning qasddan amalga oshirgan harakatlari tufayli sodir bo‘lgan.

“Biz fojia qurbonlari xotirasiga monolit haykal o‘rnatishni mo‘ljallamoqdamiz”, deb aytdi Pra-Ot-Bleon meri Bernard Bartolini. Falokat joyiga 1 noyabrning birinchi yarmida tashrifchilar uchun kirish ochildi. Bartolinining aytishicha, fojia joyida panjara barpo etiladi, ungacha esa barchani “halok bo‘lganlar xotirasiga hurmat bilan munosabatda” bo‘lishga chaqirdi.

Qo‘riqlanadigan joy 30 gektar joyni egallaydi. Falokat joyiga tashrif buyurmoqchi bo‘lganlar uchun avtoturargoh barpo etiladi: bu turargohdan voqea joyigacha tog‘ yo‘lagi bo‘ylab yarim soatda piyoda yetib olish mumkin bo‘ladi.

Yo‘lak qurilishi 2 noyabrda boshlanadi. Barcha xarajatlarni Germanwings kompaniyasi o‘z zimmasiga oldi. Tashrifchilarga qulaylik yaratish maqsadida majmua yaqinida uy quriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish