Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kerri: AQSh Suriyadagi harakatlarini Rossiya bilan kelishgan holda amalga oshirmoqchi
AQSh Suriyadagi harakatlarini Rossiya bilan kelishgan holda amalga oshirmoqchi, biroq hamkorlikning kengaytirilishi Moskvaning harakatlariga, jumladan ixtilofning siyosiy yechimini izlashga qaratilgan qadamlariga bog‘liq. Bu haqda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri aytib o‘tdi.
“Qudratli davlatlarning rivojlangan harbiy-havo kuchlar bilan o‘zaro harakatlari juda zarur. Siz bitta havo hududida oldindan kelishilmagan holda uchishni istamaysiz. Albatta, biz o‘z harakatlarimizni Rossiya bilan kelishgan holda amalga oshirmoqchimiz, biroq faqatgina shu bilan cheklanib qolishni istamasdik. Biz ko‘proq narsani istaymiz, biroq bu Rossiyaga, u tomonidan tinchlikka erishishning siyosiy tomonlari bo‘yicha qabul qiladigan qarorlarga bog‘liq. Biz prezident Asadning kelajagini muhokama qilishimiz, siyosiy yechimni topishimiz kerak”, deb aytdi Kerri.
AQSh Davlat kotibi o‘tgan hafta oxirida Venada Suriya masalasi bo‘yicha “navbatdagi sermahsul yig‘ilish” bo‘lib o‘tganini eslatib o‘tdi.
“Rossiya ham, AQSh ham tinchlikka erishishning siyosiy yechimi tomon ildamlasha olishdi. Biz hamkorlik qilmoqchimiz, qarama-qarshilik emas, biroq bu Rossiya amalga oshiradigan tanlovga bog‘liq. Rossiya Suriyada siyosiy yechimni topishni istamagani yoki Asad tuzumini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun harakat olib bormoqdami?”, deb ta'kidlamoqda Kerri.
“Agar Moskvaning yagona maqsadi Asad tuzumiga yordam berish bo‘lsa, unda u bunga erisha olmaydi. Chunki Turkiya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Suriya muholifati Asadga qarshi kurashini to‘xtatmaydi, urushni yakunlashning yagona varianti janob Asadga yangi hukumatni tuzishga qarshilik ko‘rsatmaslikni taklif qilishdan iborat. U shu tariqa o‘z davlatini qutqarishga yordam berishi mumkin. Rossiyaning faqatgina tuzum uchun u yerda bo‘lishi mintaqada muammo yaratmoqda”, deb aytdi Kerri.