17:32 / 02.11.2015
3944

«Kogalimavia» vakili: A321 samolyoti boshqaruvni yo‘qotgani uchun vaziyat haqida hisobot berishning iloji bo‘lmagan

«Kogalimavia» aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan A321 samolyoti so‘nggi soniyalarida boshqaruvini yo‘qotgan. Bu haqda «Kogalimavia» aviakompaniyasining texnika va ishlab chiqarish masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Andrey Averyanov ma'lum qilgan.

«Bir daqiqadan kamroq vaqtda samolyot tormoz olganidan keyin 300 kilometr soat tezlikda harakat qilgan. Bir vaqtning o‘zida 1,5 kilometr masofaga pastlagan. Bunday rejimda, samolyot ayniqsa, ulkan yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan samolyot parvoz qilishi mumkin emas. Bu esa samolyot boshqaruvi yo‘qolganini bildirishi mumkin. Samolyot bu vaqt oralig‘ida uchmagan, balki yiqilgan», — deydi Averyanov.

«Ehtimol buning natijasida katastrofik vaziyat rivojlangan bo‘lishi mumkin. Ekipaj butunlay o‘zining vazifasini yo‘qotgan. Aynan mana shu sabab bortdagi avariya holati haqida hech qanday hisobot berilmagan bo‘lishi mumkin», — deya Averyanovdan iqtibos keltiradi RIA «Novosti».

Top