Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Turkiya davlat banki rossiyalik tadbirkor Telman Ismoilovning Mardan Palace mehmonxonasini 128 mln dollarga sotib oldi
Rossiyalik tadbirkor, Moskvadagi Cherkizov bozorining sobiq hamegasi Telman Ismoilovning hashamatli Mardan Palace mehmonxonasi Turkiyaning “XalqBank” (Halkbank) davlat bankiga sotildi. Bank mehmonxonani dastlab e'lon qilingan narxning teng yarmidagi narxga sotib oldi.
Turk matbuotining xabar berishicha, mehmonxona rahbariyati mehmonxona uchun 719 mln lira (256 mln dollar) olishni mo‘ljallagan edi, biroq savdo natijalariga ko‘ra uni 128 mln dollargagina sota oldi.
“XalqBank” mehmonxonani sotib olishga tayyor bo‘lgan yagona xaridor bo‘ldi. Bank mehmonxonaga to‘lanadigan pulning bir qisminigina uning egalariga, qolgan 74 mln dollarni esa “Garanti Bank”ka (Garanti Bankası) mehmonxonaning qarzlarini qoplash uchun to‘laydi. Ushbu bank mehmonxonaning asosiy kreditori bo‘lgan.
“Yetti yulduzli” mehmonxona Antaliyada 2009 yil 23 mayda ochilgan edi. Mehmonxona ochilishi marosimiga Sheron Stoun, Richard Gir, Monika Beluchchi, Tom Kruz va Merayya Keri kabi jahon yulduzlari tashrif buyurganlar. Mhmonxonada ko‘plab yulduzlar va xorijiy davlatlar yetakchilari to‘xtashgan.
Turli ma'lumotlarga ko‘ra, mehmonxona qurilishi Ismoilovga 1,4 mlrd dollarga yaqin summaga aylangan. Mehmonxonaning plyajiga 9 ming tonna tillarang misr qumi olib kelingan. Bino ichini bezashda bir necha tonna oltin, qimmatbaho bezak toshlari va marmar ishlatilgan. Mehmonxona yerto‘lalarida qimmatbaho noyob vinolar saqlanadi, bundan vinoning bir shishasi bir necha ming dollar turadi.
Hammasi bo‘lib mehmonxonada turli tipdagi 560 ta xona bo‘lib, ular orasida “shohona” va “prezident” apartamentlari ham bor.
Oxirgi mahal mehmonxona moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan edi: u o‘zining asosiy kreditorlari Halkbank va Garanti Bankası oldida katta qarzdorligi bor edi. Mehmonxona qarzlari bo‘yicha sudda 67ta ish qo‘zg‘atilgan edi.