16:18 / 02.11.2015
2316

O‘zbekiston TIV delegatsiyasi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida qatnashish uchun Gruziyaga yo‘l oldi

O‘zbekiston Respublikasi va Gruziya tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tashqi ishlar vazirliklari delegatsiyalari siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi 2015 yilning 3—4 noyabr kunlari Tbilisida bo‘lib o‘tadi.

Top