Jamiyat | 19:47 / 02.11.2015
3790
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda insultga uchragan homilador ayolni saqlab qolishdi

Qozog‘istonning Aktobe viloyati, Temir tumanida yashovchi 26 yoshli homilador ayolni insult bo‘lgach, qutqarib qolindi. Ayni damda ona va bolaning hayoti xavfdan xoli.

Gulzada Akbalina o‘sha paytda ikki bolasi bilan yolg‘iz uyda edi, turmush o‘rtog‘i ish yuzasidan shaharda edi, deb yozadi “Diapazon”.

U singlisining to‘yiga tayyorgarlik qilayotgan edi. Kechga kelib, Gulzadaning ahvoli og‘irlashdi: boshida qattiq og‘riq turdi va hushidan ketdi. Yaqinlari “tez yordam” chaqirishdi. Ayolni tuman shifoxonasiga eltishdi.

“Tong saharda tuman shifoxonasiga yotqizilgan bemorning ahvoldan boxabar bo‘lish uchun bizni u yerga eltishdi. Boshida biz homiladorlikka oid tutqanoq deb o‘ylagan edik. Keyin ma'lum bo‘ldiki, bemor miyaga qon quyilishi oqibatida shifoxonaga yotqizilgan ekan. Biz uni darrov shahar shifoxonasiga yotqizishga qaror qildik”, – dedi viloyat akusher-ginekologi Juldyz Oralbayeva.

Bo‘lib o‘tgan operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi va unga ko‘z yorishiga ruxsat berildi. Barcha kerakli choralar ko‘rildi va onadan tug‘ilgan qizaloq sog‘lom dunyoga keldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish