Sport | 07:52 / 02.11.2015
9046
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu "Las-Palmas"ga qarshi o‘yin vaqtida raqib futbolchisiga to‘psiz holatda zarba bergani ma'lum bo‘ldi

"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu La liganing 10-turi doirasida "Ls-Palmas"ga qarshi o‘tkazilgan o‘yin vaqtida raqiblar vakili David Simonning oyog‘iga zarba bergani ko‘rsatilgan surat paydo bo‘ldi.

Marca nashri tarqatgan suratdan ko‘rinishicha, bu vaziyatda to‘psiz harakatlanayotgan Ronaldu to‘psiz harakatlanayotgan raqib futbolchisiga ortdan zarba berib, uni to‘xtatib qolishga uringan.

O‘yin hakami Santyago Xayme Latre esa buni payqamay qolgan va Ronalduga ogohlantirish berilmagan.