22:04 / 02.11.2015
6477

Rossiya aviatsiyasi IShIDning boshqa davlatlardan kelgan jangarilarni tayyorlash lagerini yakson qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov Rossiyaning Su-34 bombardimonchi samolyoti Halab yaqinida IShIDning boshqa davlatlardan kelgan jangarilarni tayyorlash lagerini yakson qildi, deb xabar berdi.

“Halab shahri yaqinida Su-34 samolyoti boshqa davlatlardan kelgan jangarilarni tayyorlashga mo‘ljallangan lagerga zarba berdi. Oqibatda jangarilarga tegishli o‘q-dori ombori, terrorchilarni tayyorlashga mo‘ljallangan o‘quv infratuzilmasi batamom yo‘q qilindi”, deb aytdi Konashenkov.

Shuningdek, Rossiya harbiy aviatsiyasi Damashqda IShIDning o‘q-dori omborini yo‘q qildi.

Konashenkovning aytishicha, oxirgi ikki kun ichida Rossiya aviatsiyasi Suriyada 131 ta parvoz amalga oshirib, jangarilarning 237 obektiga zarba bergan. “Jangarilarning Xama, Lataqiya, Xoms, Damashq, Halab va Rakkadagi obektlariga 237 ta zarba berildi”, deb aytdi Mudofaa vazirligi rasmiy vakili.

Avvalroq rus aviatsiyasi Lataqiyada “Jibhad an-Nusra” terrorchilik guruhining qo‘mondonlik punkti va suriyalik harbiylarning radioaloqasiga to‘sqinlik qiluvchi aloqa uzelini yo‘q qilgani ma'lum qilingandi.

Top