18:00 / 02.11.2015
3458

Sankt-Peterburg hokimiyati Misrda falokatga uchragan A321 samolyotining barcha qurbonlari oilalariga 1 mln rubldan to‘laydi

Sankt-Peterburg hokimiyati Misrda A321 samolyotining qulashi oqibatida halok bo‘lganlar oilalariga 1 mln rubldan to‘laydi, deb yozmoqda “Fontanka.ru” nashri.

Qayd etilishicha, barcha oilalar qayerda yashashlaridan qat'iy nazar tovon puli oladilar. Bundan tashqari, ekipaj a'zolari oilalari ham 1 mln rubldan olishadi.

Xabarda aytilishicha, pullar hokimiyatning zaxira jamg‘armasidan ajratiladi.

Avvalroq “Ingosstrax” sug‘urta kompaniyasi “Kogalimavia” aviakompaniyasi samolyotining Misrda falokat uchrashi bilan bog‘liq arizalarni qabul qilayotgani va birinchi sug‘urta to‘lovlarini amalga oshirishni boshlayotgani ma'lum qilingandi.

Rossiyaning “Kogalimavia” aviakompaniyasi yo‘lovchi samolyoti 31 oktabrda Misrda falokatga uchradi. Samolyot bortidagi barcha yo‘lovchilar – 217 nafar yo‘lovchi va 7 nafar ekipaj a'zosi halok bo‘lganlar.

Top