07:46 / 02.11.2015
6149

Telekanallar aviafalokatda halok bo‘lgan sayyohlarning oxirgi fotosuratlari sifatida boshqa suratlarni ko‘rsatishgan

Rossiya telekanallari yanglishib Misrdagi aviafalokatda halok bo‘lgan sayyohlarning oxirgi fotosuratlari sifatida boshqa suratlarni ko‘rsatishgani ma'lum bo‘ldi.

Bu haqda fotolarda tasvirlangan Yuliya Kostyanitsa instagramdagi sahifasida ma'lum qildi va efirlar paytida olgan skrinshotlarni dalil sifatida keltirdi.

“Biz tirikmiz!!! Bu fotosurat bir hafta oldin olingan!”, deb yozdi u instagramda.

Uning aytishicha, fotosuratlar “Birinchi kanal”, «Rossiya-1», NTV va bir qator boshqa OAVlarda namoyish qilingan.

Kostyanitsa bu haqda nomlari yuqorida zikr etilgan barcha telekanallarga yozma ravishda murojaat qilgan, biroq hozircha ular tomonidan hech qanday chora ko‘rilmagan.

Top