08:24 / 02.11.2015
2771

Turkiya bosh vaziri saylovlar natijalarini demokratiya va turk xalqi g‘alabasi deb atadi

Turkiya bosh vaziri va mamlakatda 1 noyabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida g‘olib bo‘lgan Adolat va taraqqiyot partiyasi yetakchisi Ahmet Dovudo‘g‘lu saylovlar natijalarini demokratiya va turk xalqi g‘alabasi deb atadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

“Bugun demokratiya va turk xalqi g‘alabasi kuni. Biz keyingi 4 yil davomida sizga yaxshi xizmat qilamiz, deb umid qilaman”, deb aytdi Dovudo‘g‘lu turk xalqiga murojaat qilib.

Saylov natijalariga ko‘ra Adolat va taraqqiyot partiyasi 49,36 foiz to‘plagan holda g‘olib bo‘ldi.

Top