09:04 / 02.11.2015
2586

Turkiya bosh vaziri yangi konstitutsiyani shakllantirishga chaqirdi

Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu o‘zi yetakchilik qiladigan Adolat va taraqqiyot partiyasi parlament saylovlarida g‘olib bo‘lgandan keyin mamlakat siyosiy partiyalarini yangi konstitutsiyani shakllantirishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Men parlamentga kiradigan barcha partiyalarni yangi milliy konstitutsiyani shakllantirishga chaqiraman”, deb aytdi Dovudo‘g‘lu partiya tarafdorlariga murojaati paytidagi nutqida.

Dovudo‘g‘lu Turkiyaning taranglikni kamaytirish va ixtiloflarga yo‘l qo‘ymaslik tomon harakatlanishida birgalikda ish olib borishga chaqirdi.

Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi saylovlarda 49,36 foiz ovoz bilan yutdi.

Top