Jahon | 07:02 / 02.11.2015
2059
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada saylovlar byulletenlarining 42 foizi hisob-kitob qilingandan keyin hukmron partiya yetakchilik qilmoqda

Turkiyada parlament saylovlari yakunlandi. Parlament saylovlari ovoz berish byulletenlarining 42 foizi hisob-kitob qilingandan keyin Turkiya hukmron partiyasi 53 ovoz to‘plagan holda yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi tvitterda CNN Turk telekanali.

Qayd etilishicha, saylov hech qanday noxush voqealarsiz o‘tdi.

Saylov natijalariga ko‘ra, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi parlamentdagi ko‘pchilikni saqlab qola olishi ma'lum bo‘ladi. Partiya bu hukmronlikni 13 yildan beri o‘z qo‘lida ushlab kelmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish