Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyalik avtomobilsozlar O‘zbekistonga tashrif buyurishadi
9-12 noyabr kunlari Turkiya Iqtisodiyot vazirligining Eksport bosh boshqarmasi boshlig‘i Veysel Parlak boshchiligidagi ushbu mamlakat avtomobilsozlik sohasi vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmatiga asoslanib, "Gazeta.uz" xabar bergan.
Safar vaqtida «O‘zavtosanoat» kompaniyasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birga seminar va biznes-forum o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Turkiya delegatsiyasi vakillari «SamAvto», JV MAN Auto-Uzbekistan va GM Powertrain Uzbekistan korxonalarini borib ko‘radi, shuningdek, Auto&Parts Uzbekistan 2015 ko‘rgazmasida ishtirok etadi.