O‘zbekiston | 14:57 / 03.11.2015
1776
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yilda O‘zbekiston va Italiya hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi o‘tkaziladi

Rasmiy Toshkent va rasmiy Rim o‘rtasida 2016 yilning boshida O‘zbekiston va Italiya hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi o‘tkaziladi va o‘zaro savdo, iqtisodiy va ishlab chiqarish sohalaridagi masalalar ko‘rib chiqiladi. Bu haqda O‘zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Italiya Respublikasining Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi bosh kotibi Mikele Valensize bilan uchrashuvi vaqtida ma'lum qilingan.

Ushbu uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikning turli jihatlarini muhokama qilishi aytilgan.

Qayd etish kerakki, 2 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston-Italiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarining beshinchi raundi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik keng ko‘lamli masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish