18:00 / 03.11.2015
6381

Andijonda bir qator tuman IIB boshliqlari o‘zgardi

Andijon viloyatining bir qancha tumanlaridagi IIBlarda boshliqlar o‘zgardi. Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda.

Jumladan, podpolkovnik Xayrullo Mahamadsoliyevich Qodirov Andijon viloyati Baliqchi tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Sanjar Bo‘ronovich Jabborov o‘sha viloyatning Oltinko‘l tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Abduvohid Usmonovich Ibrohimov Ulug‘nor tumani IIB boshlig‘i, podpolkovnik Botirjon Hoshimovich Hamidov Xo‘jaobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bundan tashqari, podpolkovnik Mahamadali Ismoilov Toshkent viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Top