15:53 / 03.11.2015
3474

AQSh Tojikistonni fuqarolarning diniy huquqlarini himoya qilishga chaqirdi

AQSh Tojikiston hukumatining fuqarolarning din erkinligi huquqlarini to‘laqonli ta'minlashga chaqirdi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Jon Kerri ushbu mamlakatga tashrifi chog‘ida bayonot berdi.

Dushanbeda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida u prezident Emomali Rahmon bilan muzokaralar yakunlariga ko‘ra terrorchilik va ektremizmga qarshi qurash masalasi ko‘rib chiqilganini aytdi. Kerri prezidentni inson huquqlarini himoya qilishga yanada kuchliroq e'tibor berishga chaqirganini ta'kidladi. Gap, xususan, insonlarning din erkinligi huquqi haqida ketmoqda.

Shuningdek, Kerrining ta'kidlashicha, uchrashuv chog‘ida Rossiyaga mehnat muhojirligining kamayishi munosabati bilan mamlakatda kelib chiqayotgan iqtisodiy qiyinchiliklar muhokama qilingan.

Top