15:49 / 03.11.2015
3991

Arizonalik erkak nabirasi qo‘liga to‘pponcha berib, uning yakka o‘zini cho‘lda qoldirib ketdi

AQShning Arizona shtatida yashovchi erkak o‘zining besh yoshli qiz nabirasining qo‘liga qurol berib, yolg‘iz o‘zini cho‘lda qoldirib ketgani huquq-tartibot idorasi xodimlarining diqqat markaziga tushdi. Reuters bergan xabarga ko‘ra 53 yoshli erkak o‘z nabirasini “qalin-qattiqqa” o‘rgatmoqchi bo‘lgan.

Pol Armand Reter (Paul Armand Rater) o‘zining qiz nabirasi bilan 1 noyabr kuni, tong saharda Bakay tumanidagi uylaridan yo‘lga chiqishadi. Oradan to‘rt soat o‘tib, qizning onasi farzandining yo‘qolib qolganidan shikoyat etib, politsiyaga murojaat qiladi. NBC News ma'lumotiga ko‘ra, huquq-tartibot idorasi xodimlari vertolyot yordamida qizni qidirishga tushishadi.

Politsiyaning aniqlik kiritishicha, qiz cho‘lda yakka o‘zi, qo‘lida o‘qlangan to‘pponcha bilan topiladi. Erkak kishi bolaga bo‘lgan qo‘pol munosabat va uning hayotiga xavf solish jinoyati bilan hibsga olinib, Finiks qamoqxonasiga yuborilgan.

Top