Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: dunyoda fuqaroligi yo‘q bolalar soni ortmoqda
Birlashgan millatlar tashkilotining xabar qilishicha, har 10 daqiqada dunyoda bir nafar chaqaloq fuqaroligi bo‘lmagan holda tug‘iladi. Ular soni yiliga 70 nafardan ortib bormoqda.
BMTning Qochqinlar ishi bo‘yicha oliy komissar boshqarmasining hisobotida qayd etilishicha, mazkur muammo Suriyada bir necha yildan buyon davom etayotgan mojarolar tufayli yanada murakkablashmoqda. Suriyalik qochqinlar miqdorining ortishi o‘z mamlakatidan tashqarida dunyoga kelgan bolalar sonining ortishiga olib kelmoqda.
BMT ma'lumotiga ko‘ra, ayni paytda bolalar sifatli tibbiy yordam olish, o‘qish va kelgusida mos ish topish imkoniyatlaridan mahrum bo‘lmoqda.