Jahon | 09:21 / 03.11.2015
5262
1 daqiqa o‘qiladi

"Boko Haram" o‘zining o‘q-dori ishlab chiqariladigan fabrikasini namoyish qildi

"Boko Haram" jangarilari Nigeriya shimoli-sharqida joylashgan o‘q-dori fabrikasi suratilarini tarqatdi.

Taxmin qilinishicha, bu suratdagi fabrika Borno shtatidagi kollej o‘rnida qurilgan. Ushbu surat Bi-bi-si jurnalistiga Kamerunga mansub telefon raqami o‘rnatilgan messenjer orqali yuborilgan.

"Jangarilar o‘z teraktlarida reaktiv granatalardan foydalanib kelishayotgani nigeriyaliklarda ular bunday qurollarni qayerdan olayotgani bo‘yicha savollar paydo qilayotgandi. Bu fotosurat orqali ko‘rinadiki, ularda qurolsozlik bo‘yicha zamonaviy va yuqori texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasi mavjud", deyiladi xabarda.

Bunday suratlar IShIDga tegishli saytlarga ham joylashtirilgan.

Ma'lumot uchun, "Boko Haram" 2014 yilning mayida BMT tomonidan terroristik tashkilot sifatida e'lon qilingan. 2015 yilning martida bu tashkilot IShIDga qasamyod qilib, o‘zini uning G‘arbiy Afrikadagi bo‘limi sifatida e'lon qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish