Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada Subway restorani xodimasi muzlatgichda bir kechaga qamalib qoldi
Buyuk Britaniyadagi Subway restoranlar tarmog‘ining Gloster shahridagi shoxobchasida ishlaydigan Karli ismli qiz restorandagi muzlatgichda 8 soatga yaqin vaqt o‘tkazdi, deb xabar bermoqda The Independent nashri.
Karlining aytishicha, u tungi smenada bir o‘zi ishlagan. U sutni katta muzlatgichga qo‘ymoqchi bo‘lganda muzlatgich eshigi yopilib qolib, qiz uning ichida ertalabgacha, boshqa xodimlar kelib uni chiqarib olmagunlaricha qolib ketdi.
”Avval men sarosimaga tushib, eshikni ochish mumkin bo‘lgan narsa qidira boshladim. So‘ngra men karton bo‘laklarida “yordam bering” deb yozishga urindim. Menimcha, men kartonga ketchup yoki mayonez bilan yozib, eshik tagidan tashqariga suqib ham ko‘rdim. Oxir-oqibat men shunchalik muzlab qoldimki, eshikni ochishga urinishga ham holim qolmadi. Men o‘sha kuni juda yupin kiyinib olgandim: ustimda faqatgina leggins bilan ishchi futbolka bor edi. Ertasiga men shifoxonaga kelganimda menga haddan tashqari sovqotganimni aytishdi va menga uyga kelishim bilanoq isinishga harakat qildim”, deb eslamoqda voqealarni Karli.
Qizning ta'kidlashicha, u bo‘lib o‘tgan voqeadan keyin uzoq vaqt uydan chiqishga yuragi betlamagan va hanuzgacha ruhiy iztirob chekmoqda.
Ushbu voqea yuzasidan 26 oktabrda Cheltnem shahar sudida bo‘lib o‘tgan sud yig‘ilishida sud Subway restorani brendidan franshiza asosida foydalanuvchi CM Ventures kompaniyasini inson sog‘lig‘i va xavfsizligiga ziyon yetkazishda aybladi. Subway vakili tergov hali davom etayotgani sabab biror-bir izoh bera olmasligini aytdi.