Sport | 17:49 / 03.11.2015
2530
2 daqiqa o‘qiladi

Fabregas Mourinoga qarshi "isyon"ga boshchilik qilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

"Chelsi"ning ispaniyalik yarimhimoyachisi Sesk Fabregas o‘zi tomonidan jamoa muhitini buzgani haqida tarqalgan mish-mishlarga munosabat bildirdi va futbolchilarning "Mourinoga qarshi isyoni"ga boshchilik qilmayotgani haqida aytib o‘tdi.

"Chelsi" APLning 11 turida atigi 11 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 15-pog‘onada joylashgan.

Biroz oldinroq, OAVda o‘z ismini oshkor etmaslikni so‘ragan "Chelsi" futbolchisi "Mourino uchun g‘alaba qozonishdan ko‘ra, maydonni bosh egik holda tark etishni ma'qul ko‘rishi" haqida aytgandi.

Taxminlar birinchi navbatda jamoaning 2 yetakchisi Eden Azar va Sesk Fabregasga qaratilgandi.

“Men OAVda tarqalayotgan turli asossiz xabarlarga javob qaytarmoqchiman. Keling vaziyatga oydinlik kiritib olaylik. Ba'zi manbalarda paydo bo‘lgan ma'lumotlar xato va men “Chelsi“da baxtliman deya olaman. Jamoa bosh murabbiyi bilan ham munosabatlarim juda yaxshi.

Balki kimdir shu tariqa klubga bosim o‘tkazmoqchidir. Ammo, hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonchim komil va tez orada biz yana yorqin o‘yin namoyish eta boshlaymiz”, — deb yozadi Fabregas o‘z tvitterida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish