19:29 / 03.11.2015
3458

Finlyandiya hukumati fuqarolarga oyiga 800 yevro berishga tayyor

Finlyandiya ijtimoiy sug‘urtalash boshqarmasi (Kela) ijtimoiy va boshqa imtiyozlar evaziga har bir fuqaro hisobiga 800 yevro miqdorida so‘zsiz daromad yozish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Yle nashri xabar bermoqda.

Yangi tizim ikki bosqichda joriy qilinadi. Birinchisida 550 yevro evaziga imtiyozlardan qisman voz kechish, ikkinchisida esa 800 yevro evaziga to‘liq voz kechish ko‘zdan tutilmoqda.
Kela bu tizim mamlakat moliyaviy tizimi to‘ladan qayta ko‘rib chiqilishiga zamin bo‘lishiga umid qilmoqda. Tashkilot tadqiqot departamenti rahbari Olli Kangasning so‘zlariga qaraganda, loyiha rejasi 2016 yil noyabriga qadar hukumatga taqdim etiladi.

Top