09:54 / 03.11.2015
2134

Frenk Lempard: «Mourinoga vaqt berish kerak»

"Chelsi” klubining sobiq futbolchisi Frenk Lempard jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoni qo‘llab-quvvatlab chiqdi.

“Klub rahbariyati barqaror o‘yin va natijalarni kutyapti. Buni to‘g‘ri tushunish kerak. Ammo doimo barqaror o‘yin ko‘rsatib, faqat g‘alaba qozonishning iloji yo‘q. Bu juda ham qiyin. Ular esa jamoani ser Aleks Fergyuson davridagi "Manchester Yunayted" yoki o‘tgan asrdagi shonli "Liveraul" kabi ko‘rishni istashmoqda.

Barcha rahbarlar murabbiyning omadli faoliyatini istashadi. Murabbiy buni ta'minlash uchun tarkibni yoshartirib borishi talab qilinadi. Bu ish esa vaqt talab qiladi.

Joze – jahon darajasidagi murabbiy. Buni u ko‘p marta isbotlagan. Mening fikrimcha, unga vaqt berish kerak. Shunda hamma yaxshi bo‘ladi”, - deydi Lempard.

Ayni paytda “Chelsi” 11ta o‘yinda 11 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalining 15-pog‘onasida bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, "Ntyu-York Siti" jamoasida faoliyat ko‘rsatayotgan Lempard "Chelsi"ning o‘tgan turda "Liverpul"ga qarshi o‘yinini tomosha qilish uchun Londonga kelgan va tribunada Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson bilan yonma-yon o‘tirib o‘yinni tomosha qilgandi. 

Top