Jamiyat | 09:12 / 03.11.2015
2116
1 daqiqa o‘qiladi

Garvard professori AQSh prezidentligiga qo‘ygan nomzodini olib tashladi

Garvard universitetining huquq professori Lourens Lessig AQSh prezidentligi uchun qo‘ygan nomzodini olib tashladi, deb xabar bermoqda The Washington Post.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qarorga kelishiga sabab, Demokratlar partiyasi debatlarda qatnashish talabini kuchaytirib yuborgan. Endi unda 1 foiz jamoatchilik fikrini yig‘gan nomzod qatnasha oladi.

Ma'lum bo‘lishicha, Lessig yetarli qo‘llab-quvvatlashni qo‘lga kirita olmagan.
Lessig avvalroq kampaniya uchun o‘z saytida 1 mln dollar to‘plaganini ma'lum qilgandi. U ishidan bo‘shab, butun diqqat-eʼtiborini saylovoldi kurashlarga qaratmoqchi edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish