Jahon | 18:51 / 03.11.2015
2089
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada internet orqali gihyovand modda sotgan 20 yoshli onlayn-narkobaron qo‘lga olindi

Germaniyada internet orqali yarim yil davomida qariyb bir tonna giyohvandlik moddasini sotishga ulgurgan 20 yoshli yigit yetti yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda The Local xabar bermoqda.

Onlayn-narkosavdogarning familiyasi ma'lum qilinmadi, faqatgina uning ismi ma'lum — Maksimilian. Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, u o‘z faoliyatini 2013 yil oxirlarida boshlagan. Onasi bilan birga yashagan Maksimilian nasha, ekstazi, kokain va LSD giyohvand moddalarini xarid qilib, qaytadan sotib yurgan. Narkotiklarni o‘z yotog‘ida asragan. Umumiy qiymatda 914 kilogramm taqiqlangan moddalarni sotib, 4 million yevro davromad ko‘rgan, uning yotog‘i tintuv qilinganida, yana 300 kilogramm giyohvand moddalar topilgan.

Maksimilianning 48 yoshli onasining aytishicha, farzandini qat'iy tarbiya qilgan: turli kechalarga bormagan, qizlar bilan uchrashmagan. Biroq yigit u aytganday bo‘lib chiqmadi. Narkopolitsiya ko‘zidan yiroq bo‘lish uchun Niderlandiya serverlarini ijaraga olgan, turli IP-manzillardan foydalanib, elektron pochta xabarlarini shifrlagan, tovarlar mijozlarga faqatgina buyurtma orqali yuborilib, to‘lovlar bitkoinlarda amalga oshirilgan, pullarini esa soxta hujjatlar bilan ochilgan bank hisoblarida saqlagan. Politsiyaga “dunyodagi eng yaxshi onlayn-narkosavdogar bo‘lishni istaganini” tan olgan.

Maksimilian tasodifan qo‘lga tushib qolgan: kur'yer qandaydir sabab bilan narkotiklar solingan banderolni umumiy yo‘lakda qoldirib ketgan. Qiziquvchan qo‘shnilar qutini ochib ko‘rib, politsiyani chaqirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish