Texnologiya | 21:52 / 03.11.2015
2247
1 daqiqa o‘qiladi

Google 2017 yilda mahsulotlarni dronlar orqali yetkazish xizmatini ishga tushiradi

Google kompaniyasiga egalik qiluvchi Alphabet Inc. internet-giganti 2017 yilda mahsulotlarni dronlar orqali yetkazish xizmatini ishga tushiradi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Project Wings deb nomlangan bu loyiha rahbari Devid Vos kompaniya dronlarni 500 fut (152 metr) balandlikda qo‘llash bo‘yicha AQSh Federal fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi va boshqa manfaatdor tomonlar bilan muzokaralar olib borayotganini aytdi. “Bizning maqsad loyihani amalga oshirish va 2017 yilda ishga tushirishdan iborat”, deb aytdi Vos.

Kompaniya tadqiqotlardan keyin ikki yil o‘tib YouTube portalida videohisobot joylashtirdi. Unda dronlarning Avstraliyada sinovdan o‘tkazilishi lavhalari tasvirlangan. Endi kompaniya takomillashtirilgan dronlarni NASA’da sinovdan o‘tkazdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish