Texnologiya | 07:35 / 03.11.2015
2213
1 daqiqa o‘qiladi

Google ko‘chadagi bilbordlarda “aqlli” reklamani ishga tushirdi

Google kompaniyasi Londonning ko‘cha bilbordlarida (ko‘cha reklamasi uchun mo‘ljallangan moslamalar)  DoubleClick relevant reklama texnologiyalarini sinovdan o‘tkazishni boshladi, xeb xabar bermoqda Business Insider nashri

Texnologiya turli ma'lumotlarni, misol uchun ob-havo sharoiti, o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar yoki yo‘ldagi vaziyat bo‘yicha ma'lumotlarni bildbordlarda eng relevant (vaziyatga mos) reklamani ko‘rsatish uchun yig‘adi. Avval DoubleClick deb nomlangan bu texnologiya internet-saytlarda ishlatilgan.  

Google’ning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, texnologiya reklama beruvchilarga relevant oflayn-reklamaning samaradorligini ko‘rsatishga imkon beradi. Hozircha DoubleClick bilbordlarda faqatgina sinov rejimida ishlaydi, buning uchun kompaniya qanday brendlarni kunning qaysi paytida reklama qilishni aniqlash maqsadida Londonning turli nuqtalarida reklama joylashtiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish