Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada ko‘tarilgan chang tufayli 14 ta avtomobil bir-biriga urildi
Ko‘tarilgan chang Kaliforniyaning Kern okrugidagi mashina yo‘lida 17 ta avtomobilni bir-biriga urilishiga sabab bo‘ldi, deb yozmoqda Weather Channel.
Ma'lum bo‘lishicha, avariya yaqinda hosili yig‘ib olingan qishloq xo‘jaligi hududidan o‘tgan yo‘lda sodir bo‘lgan. Bundan tashqari, shamolning tezligi soatiga 30-40 milni tashkil etgan.
Mahalliy Bakersfield Now portalining ma'lum qilishicha, ushbu avariya sabab besh kishi jarohatlangan va shifoxonaga yotqizilgan.
Avtomobillar to‘qnashuvi sabab, magistralning barcha yo‘laklarida harakat to‘xtagan va oradan ma'lum bir vaqt o‘tib undagi harakat yana qayta tiklangan.
Dozens Vehicles in #Crash near #Bakersfield, #California Due to #Duststorm @kerncountyfire https://t.co/FyDhkpPYdG pic.twitter.com/l5Cjc9tjqD
— Alexander Hansen (@AlexanderXV) 2 noyabrya 2015