Jahon | 18:03 / 03.11.2015
6380
2 daqiqa o‘qiladi

Kerri 5+1 formatidan ko‘zlangan maqsadni tushuntirib berdi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri o‘tkazgan Markaziy Osiyo turnesidan ko‘zlangan asosiy maqsad mintaqa mamlakatlari bilan hamkorlikni o‘rnatish va mustahkamlashdir. Bu haqda Jon Kerri “Mir” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Asosiy sabab davlatlar o‘rtasida aloqalar o‘rnatish, buning samaradorligini ta'minlashdir, - dedi u, telekanalning Ostona filiali direktori Asqar Alimjonovning 5+1 formati haqidagi savolga javob berar ekan. – Men bu yerga xavfsizlik hamda terrorchilikka qarshi kurash, Afg‘oniston va boshqa muammolar ustida ishlash uchun keldim”.
Uning ta'kidlashicha, AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi aloqalarning o‘rnatilgan 5+1 formati ushbu davlatlar fuqarolarining umumiy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

“Men bu yerdaman, negaki bizning fuqarolarimizga imkoniyatlar yaratish borasidagi manfaatlarimiz umumiydir. Biz barcha davlatlar bilan ishlashga tayyormiz, ular qo‘shni bo‘lsa ham, bizdan ko‘p mil uzoqda bo‘lsa ham, masalan, Koreya yoki Yaponiya bilan ishlashga tayyormiz”, - ta'kidladi AQSh diplomatiyasi rahbari.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish