12:48 / 03.11.2015
3219

Kim Chen In Zenit raketali qurilma sinovdan o‘tkazilgan havo hujumidan mudofaa o‘quvini kuzatdi

KXDR yetakchisi Kim Chen In raketali qurilma sinovdan o‘tkazilgan havo hujumidan mudofaa qismlari o‘quv mashg‘ulotlarini shaxsan kuzatdi, deya 2 noyabr kuni xabar berdi Koreya Markaziy telegraf agentligi.

“O‘quv mashg‘ulotlari modernizatsiyalangan havo raketalarining texnik tayyorgarligi va frontning sharqiy uchastkasida havo hujumidan mudofaa harbiy qismlarining haqiqiy urush sharoitlarida jang olib borish salohiyatini tekshiruvdan o‘tkazishga yo‘naltirildi”, - deya xabar bermoqda Shimoliy Koreya agentligi.

Uning ma'lumotiga ko‘ra, raketalar sinovi havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari harbiy tayyorgarligida o‘zgarishlar joriy etishi lozim bo‘lgan yangi turdagi zenit raketalarini ishlab chiqish yo‘llarini qidirish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Shimoliy Koreyada bo‘lib o‘tayotgan harbiy mashg‘ulotlar muddati ma'lum qilinmagan.

Janubiy Koreyaning Ryonhap agentligi ma'lumotiga ko‘ra, KXDRning ushbu o‘quvlari Seul tomonidan ishlab chiqilgan shimolliklarning yadro, kimyoviy yoki bakteorologik moddalar qo‘llanilgan raketalarini aniqlash, ular boshqaruviga xalal berish, yo‘q qilish va raketa zarbalaridan himoyalashga qaratilgan 4D tezkor rejasiga javob sifatida o‘tkazilmoqda. Mazkur reja yaqindagina Seulda AQSh va Koreya Respublikasi mudofaa vazirlari Eshton Karter hamda Xan Min Gu o‘rtasidagi uchrashuvda tasdiqlangan edi.

Top