20:05 / 03.11.2015
6322

KUN.UZ dayjesti: 3 noyabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 3 noyabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Islom Karimov Misrdagi aviahalokat yuzasidan Putinga hamdardlik bildirdi>>

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Misrda Rossiya samolyotining halokatga uchrashi yuzasidan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Kreml saytida xabar qilingan.

Abdulaziz Komilov Misrdagi aviahalokat munosabati bilan Rossiya elchixonasiga tashrif uyushtirdi>>

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 3 noyabr kuni Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy Majlis: 2016 yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,8 foizga o‘sadi>>

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot xizmatining xabar berishicha, asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 2016 yilda O‘zbekistonda YaIM – 7,8 foiz, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish – 8,2 foiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari – 6,1 foiz, kapital qo‘yilmalari hajmi 9,6 foizga o‘sishini ko‘zda tutmoqda.

Ekspert: Toshkent ekstremistlardan qo‘rqmaydi>>

Toshkent Afg‘oniston va O‘zbekiston chegarasida ekstremistlar tomonidan uyushtirilishi mumkin bo‘lgan hujumlardan qo‘rqmaydi. Bu haqda siyosatshunos Valeriy Xan aytib o‘tdi.

O‘zbekistonda byudjyetning ijtimoiy xarajatlar ulushi 59,2 foizga ortadi>>

O‘zbekistonda ijtimoiy xarajalar uchun ajratiladigan xarajatlarning solishtirma hajmi 2015 yildagi 58,7 foizdan 2016 yilda 59,2 foizga qadar ortadi. 
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjyet va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha qo‘mitasining 2015 yil 29 oktabrda bo‘lib o‘tgan majlisida ma'lum qilingan.

O‘zbekistonda uyushmalar soni 4tagacha qisqardi>>

Yaqinda “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi “O‘zpaxtaeksport” yagona paxta xoldingi tarkibiga kirganidan so‘ng O‘zbekistonda uyushmalar soni 4tani tashkil qildi, deb yozadi Nuz.uz.

"O‘zbekturizm" O‘zbekiston fuqarolarini Indoneziya, Singapur va Malayziyadagi ekologik xavfdan ogohlantirdi>>

«O‘zbekturizm» MK Indoneziya, Singapur va Malayziyaga yo‘l olgan O‘zbekiston fuqarolariga noqulay ekologik vaziyatni inobatga olishlarini tavsiya qildi.

“O‘zavtosanoat” AK avtomobilsozlikni mahalliylashtirish bozori salohiyatini 2.3 trln so‘mga baholadi>>

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati ekspertlari yengil avtomobillar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bozori salohiyatini 2.3 trln so‘mga baholadilar. Bu haqda kompaniya boshqaruvi raisi o‘rinbosari Rustam Yusupov IX Xalqaro xalq sanoati yarmarkasi va kooperatsion birjasi chog‘ida aytib o‘tdi.

Rejadan tashqari o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazgan pedagoglarga qo‘shimcha haq to‘lanadi>>

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi o‘rta maxsus, professional ta'lim markazi hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qo‘shma qarori bilan o‘rta maxsus, professional ta'lim muassasalari o‘qituvchilarining namunali yillik rejasiga o‘zgartishlar kiritildi.

O‘zbekistonda bolalarni pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlash boshlandi>>

2 noyabrdan boshlab Sog‘liqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalari emlash punktlarida bolalarni pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlash boshlandi.

O‘zbekistonliklar "O‘zbekistonning yetti mo‘'jizasi"ni aniqlashadi>>

"O‘zbekistonning yetti mo‘'jizasi"ni aniqlash uchun tashkil qilingan aksiyaning final bosqichi boshlandi. Ushbu aksiya orqali O‘zbekistonning eng mashhur tarixiy va sayyohlik obektlariga ovoz berlib, 7ta g‘olib saralanadi. Bu haqda ZiyoNET portali ma'lum qilgan.

Toshkentda O‘rta Osiyodagi eng katta kitob do‘koni ochildi>>

2 noyabr kuni Toshkentda, Mustaqillik ko‘chasi yoqasida “Kitob olami” nomli yangi kitob do‘koni ochildi. Shahar markazida, metro bekati yaqinida joylashgan bu do‘kon O‘rta Osiyoning bu turdagi eng yirik muassasasi ekanligi aytilmoqda.

Jizzaxda yangi ochilgan Akvapark suv bilan ta'minlanmagan>>

Jizzax shahrida aholining madaniy hayotini ta'minlab beradigan maqbul infratuzilmalar mavjud emas, deb hisoblamoqda 2016-2024 yillarda mazkur shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi loyihasini ishlab chiqqan mutaxassislar.

Toshkentda fitotekalar tarmog‘i ish boshlaydi>>

O‘simliklar asosida fitoterapiya va gomeopatiya (katta dozasi kishini kasal qiladigan dorilardan oz-oz berib davolash usuli) sohasiga ixtisoslashgan Germaniyaning Bionorica AG farmatsevtik firmasi O‘zbekistonda maxsus fitotekalar tarmog‘ini ishga tushiradi.

O‘zbekistonlik suzuvchi Ra'noxon Amanova “Rio-2016” o‘yinlariga yo‘llanma oldi>>

2016 yili Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma olgan o‘zbekistonlik sportchilar safi yana bittaga kengaydi.

“Yil imomi-2015” ko‘rik tanlovi g‘oliblari taqdirlandi>>

Respublikamizda imom-xatiblar faoliyatini yanada takomillashtirish, bugungi globallashuv davrida Vatan ravnaqi yo‘lida xizmatlari hamda xalqimizni buzg‘unchi toifalarning ta'siridan himoyalanishida targ‘ibot ishlarisamaradorligini oshirish maqsadida, har yili O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida “Yil imomi” ko‘rik tanlovi o‘tkaziladi. 

Sirg‘ali avtobozoridagi Chevrolet Captiva narxlari chet el yo‘ltanlamaslari bilan qiyoslandi>>

Sirg‘ali avtobozorida sotilayotgan eng xaridorgir Chevrolet Captiva krossoverlarining narxlari unga raqobatchi bo‘layotgan bir qator chet el yo‘ltanlamaslari bilan qiyoslab ko‘rildi.

Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati 3 mVt li fotoelektrik stansiyalar quradi>>

2015-2019 yillarda Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati tizimida umumiy quvvati 3 mVt ga teng fotoelektrik stansiyalar qurilishi mo‘ljallanmoqda. Bu haqda “Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi departament direktori Shavkat Madaminov bayonot berdi.

2016 yilda O‘zbekiston va Italiya hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi o‘tkaziladi>>

Rasmiy Toshkent va rasmiy Rim o‘rtasida 2016 yilning boshida O‘zbekiston va Italiya hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi o‘tkaziladi va o‘zaro savdo, iqtisodiy va ishlab chiqarish sohalaridagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Sportchilar, murabbiylar va hakamlarga qo‘yiladigan talablar o‘zgartirildi>>

Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyrug‘i bilan sportchi, murabbiylar va hakamlarga qo‘yiladigan kvalifikatsion talablarga o‘zgartishlar kiritildi, deb xabar beradi Norma.uz.

O‘zbekiston TIV vakili Buxarestdagi yong‘in munosabati bilan Ruminiya elchixonasiga tashrif uyushtirdi>>

2015 yilning 3 noyabr kuni O‘zbekiston TIV vakili Ruminiyaning Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif uyushtirdi.

Andijonda bir qator tuman IIB boshliqlari o‘zgardi>>

Andijon viloyatining bir qancha tumanlaridagi IIBlarda boshliqlar o‘zgardi. Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda.

Top