Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 09:35 / 03.11.2015
1696
1 daqiqa o‘qiladi
Misha Ge Cup of China turnirida ishtirok etadi
O‘zbekistonning eng yaxshi figuristi, ikki karra O‘zbekiston chempioni Misha Ge figurali uchish bo‘yicha Xitoydagi Cup of China Gran-Prisida ishtirok etadi.
Ushbu musobaqa 6-8 noyabr kunlari Pekin shahrida o‘tkaziladi.
Misha Ge o‘tgan yilgi jahon chempionatida 6-o‘rinni egallagan, shu yilning oktabrida Bolgariya poytaxtida figurali uchish bo‘yicha o‘tkazilgan "Denkova-Staviski Cup" xalqaro turnirida g‘olib bo‘lgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish