17:15 / 03.11.2015
4051

Muxlislar Dumbiya o‘z smartfoniga Putin surati tasvirlangan g‘ilof o‘rnatganini payqab qolishdi

TsSKA jamoasining Instagramdagi sahifasida Manchesterga YeChL doirasida "MYu"ga qarshi o‘yin o‘tkazish uchun uchayotgan jamoa futbolchilarining suratlari joylashtirildi. Bu suratlardan birida moskva armiyachilarining yetakchi hujumchilaridan biri, ivuarlik Seydu Dumbiya telefonini tutgan holda ko‘rinadi.

Jamoa muxlislari bu suratda futbolchi o‘z smartfoni sirtiga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning surati tushirilganiga e'tibor qaratishgan.

Muxlislar Dumbiyaning mazkur tanlovini olqishlab, faqat bu tariqa g‘ilof bilan cheklanmasdan, tezroq Rossiya fuqaroligini ham qabul qilishga chaqirgan.

Ma'lumot uchun, 27 yoshli Seydu Dumbiya 2010—2014 yillar davomida Moskvaning TsSKA jamoasida to‘p surgan. 2015 yilning birinchi yarmini Rimning «Roma» klubida o‘tkazgan futbolchi yozgi transferlar vaqtida ijara asosida yarim mavsum uchun TsSKAga qaytdi. Ayni vaqtda TsSKA rimliklar bilan ushbu futbolchini mavsum oxirigacha jamoada olib qolish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.

Dumbiya TsSKA tarkibida joriy mavsumda 5ta gol urib, 6ta golli uzatma amalga oshirdi.
U Kot-d’Ivuar terma jamoasida 30 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan.

TsSKAning "MYu"ga qarshi bahsi, bugun, Toshkent vaqti bilan 00:45da boshlanadi.

Top