Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati 3 mVt li fotoelektrik stansiyalar quradi
2015-2019 yillarda Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati tizimida umumiy quvvati 3 mVt ga teng fotoelektrik stansiyalar qurilishi mo‘ljallanmoqda. Bu haqda “Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi departament direktori Shavkat Madaminov bayonot berdi.
“Navoiy tog‘-metallurgiya kombinatida 1 149 quyosh kollektoridan samarali foydalanilmoqda. O‘tgan yili kombinat qoshida faoliyati yuritayotgan “Do‘stlik” agrofirmasida parrandachilik va chorvachilikni rivojlantirish maqsadida kuniga 400 kubometr gaz ishlab chiqara oladigan biogaz qurilmasi o‘rnatildi”, - uning so‘zlarini keltiradi O‘zA.
Bundan tashqari, xabar qilinishicha, kombinatda yoqilg‘i-energetik resurslarni tejash borasida keng miqyosli ishlar olib borilmoqda.