16:19 / 03.11.2015
2317

Nepalda tog‘ yo‘lida avtobus YTHga uchrab, 30 kishi halok bo‘ldi

3 noyabr kuni Nepalning shimoliy qismidagi tog‘li hududda yo‘lovchi avtobusi halokatga uchradi. Assoshieyted Press axborot agentligi xabariga ko‘ra, ushbu hodisa tufayli 30 kishi halok bo‘lgan va 35 kishi turdi darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu YTH mahalliy vaqt bilan soat 12:45da ro‘y bergan.

Halokatga uchragan avtobus mamlakat poytaxti Katmandu shahridan Rasuva tumanidagi Chilaym shahriga tomon harakatlanish vaqtida, 150 metr balandlikdan pastga qulagan.

Politsiya ushbu avtobusda bo‘lgan yo‘lovchilarni qidirishda davom etmoqda. Avtobusda necha kishi bo‘lgani ma'lum emas. Xabar qilinishicha, avtobus ichiga sig‘may qolgan odamlar uning tomiga ham chiqib olishgandi.

Top