18:50 / 03.11.2015
2316

Nyu-Yorkda politsiyachilar marafondan keyin yo‘qolib qolgan marafonchini qidirishmoqda

Nyu-York shahri politsiyasi 1 noyabr kuni o‘tkazilgan marafondan keyin bedarak ketgan aqli noqis marafonchini qidirmoqda. Bu haqda Assoshieyted Press xabar bergan.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, uni oxirgi marta Markaziy xiyobonda ko‘rishgan. U qora rangli kalta ishtonda va to‘q yashil rangli futbolkada bo‘lgan.

Ushbu yigit yuguruvchilar guruhi bilan birgalikda Italiyadan AQShga kelgandi. Aynan ular politsiyachilarga o‘z hamrohlari yo‘qolib qolgani haqida ma'lumot berishgan. Ularning aytishicha, yo‘qolgan marafonchining ismi Janklaudio Marengo, yoshi esa 30da. Shuningdek, aqliy rivojlanishda ortda qolgan.

Top