14:31 / 03.11.2015
3444

OAV: A321 ekipaji halokatdan 4 daqiqa oldin ham nosozliklardan bexabar edi

Rossiyaning Misrda halokatga uchragan A321 avialayneri uchuvchilari fojiaga qadar bortdagi nosozliklar haqida aniq ma'lumotga ega emas edilar. Bu haqda Interfaks agentligi yozmoqda.

“Uchuvchilarning dispetcherlar bilan suhbatlari yozilgan tasmalardan shu ma'lum bo‘ladiki, samolyotning radarlardan yo‘qolishidan 4 daqiqa oldin bortdagi vaziyat odatdagiday bo‘lib turgan, ekipaj dispetcherlar bilan odatdagiday muhokamalar olib borgan, hech narsa bortda nosozlik borligini ko‘rsatmagan, ekipaj bu haqda xabar ham bermagan”, - dedi agentlik suhbatdoshi.

Shu bilan birga, agentlikning Qohiradagi manbasi darak berishicha, suhbat chog‘ida “g‘alati” ovozlar eshitilgan, lekin ekipaj ularga e'tibor bermagan.
“Yozuvlarga qaraganda, bortdagi shtatdan tashqari vaziyat to‘satdan yuzaga kelib, ekipaj uchun kutilmagan hol bo‘lgan”, - deyiladi xabarnomada.

Top