Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Devid Kemeron Suriyadagi bombardimonda ishtirok etish fikridan qaytdi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Suriyada IShID pozitsiyalariga zarbalar berish borasidagi qonun loyihasini parlamentda ovoz berishga qo‘ymaydi. Bu haqda Times nashri yozmoqda.
Aytilishicha, bosh vazir muxolif Leyboristlar partiyasi deputatlarining katta qismini ushbu qonun loyihasining zarurligiga ko‘ndira olmagani bois o‘z tashabbusidan voz kechishga majbur bo‘lgan.
2014 yil sentabrida Britaniya parlamenti IShIDning faqat Iroqdagi pozitsiyalariga zarbalar berishni ma'qullagan edi. Ular qabul qilgan hujjat Suriyada ham shunday operatsiyalar o‘tkazishni ko‘zda tutmagan edi.